O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi 140 ga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Oliy Madlis Senati xabar berdi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoqning 148-Assableyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Jenevada bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMTning Jenevadagi bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta’minlash borasida qo‘shma dastur va loyihalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
“O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, 140 ga yaqin dastur va loyihalar amalga oshirilayotgani alohida qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Valovaya O‘zbekistonning BRMni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Uchrashuvda shuningdek, inson huquq va erkinliklarini, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Qayd etilishicha, tomonlar muloqotni tizimli davom ettirish, hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish orqali hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”