05:00 / 26.03.2024
375

AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi

AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilganidan so‘ng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSHga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Netanyahu bu qarorni Ramazon oyida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga veto qo‘ymagan Vashington pozitsiyasi bilan bog‘liq holda qabul qilgan.

Hukumat rahbari Oq uyning rezolyutsiyaga veto qo‘ymagani avvalgi pozitsiyasidan «aniq chekinish» ekanligini va G‘azodagi HAMASga qarshi harbiy harakatlarga, shuningdek, 130 dan ortiq garovga olinganlarni ozod qilish harakatlariga zarar yetkazishini ta’kidladi.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda o‘t o‘chishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlagandi. AQSH unda betaraf qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Netanyahu avvalroq G‘azo janubidagi Rafah shahrida amaliyot boshlanishini ma’lum qilgandi. AQSH rasmiylari jon-jahdi bilan uni bu fikridan qaytarishga uringan.

2023 yilning 7 oktyabridan buyon G‘azoda 32 mingdan ziyod falastinlik halok bo‘ldi, 74 mingdan ziyodi jarohatlandi. Tinch aholi vakillari orasida qurbonlar oshib borayotgan va yuz minglab aholi ochlik domida qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi