09:41 / 27.03.2024
732

Rossiyada yana bir hudud migrantlarning ishlashiga cheklov e’lon qildi

Rossiyada yana bir hudud migrantlarning ishlashiga cheklov e’lon qildi
Foto: Sputnik
Novgorod oblasti hokimiyati ishlash uchun patentga ega bo‘lgan xorijliklarga taksi va avtobus haydovchilari bo‘lib ishlash, shuningdek, alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilishni taqiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Tegishli farmonni oblast gubernatori Andrey Nikitin imzolagan. Hujjatga ko‘ra, ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijlik fuqarolarga alkogolli va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish, shuningdek, avtobus va taksi haydovchilari bo‘lib ishlash taqiqlanadi.

Ish beruvchilar taqiq ostiga tushgan toifadagi xodimlarini 26 iyungacha ishdan bo‘shatishlari lozim bo‘ladi. Bu holatda taqiq Rossiyada istiqomat guvohnomasi (VNJ)ga hamda vaqtinchalik registratsiyaga ega bo‘lgan fuqarolarga, shuningdek Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolariga taalluqli bo‘lmaydi.

Bu esa MDH davlatlaridan O‘zbekiston, Tojikiston, Moldova, Ozarboyjon fuqarolari taqiq ostiga tushishini anglatadi.

Hujjat Ichki ishlar vazirligining tavsiyasi asosida, mehnat bozorini tartibga solish, migratsion vaziyatni barqarorlashtirish, oblast hududida ekstremistik va terrorchilik yo‘nalishidagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida qabul qilingani ta’kidlangan.

Avvalroq ayrim sohalarda migrantlarning mehnat qilishiga cheklov Chelyabinsk, Magadan, Kaliningrad, Tula, Novosibirsk, Tyumen, Kaluga oblastlarida, shuningdek, Xanti-Mansiysiy avtonom okrugi — Yugra hamda Yoqutiston Respublikasida qabul qilingan edi. Novgorod oblasti cheklov joriy etgan 10-hudud bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada yana bir hudud migrantlarning ishlashiga cheklov e’lon qildi