Foto: WMNF
AQSHning Florida shtatida 14 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlandi. Bu haqda Florida gubernatori Ron DeSantis xabar berdi.
“Men 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ota-ona roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarda akkauntga ega bo‘lishni taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladim”, — dedi Florida gubernatori.
Ta’kidlanishicha, voyaga yetmagan bolalar ota-onasi ruxsatisiz ochgan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘chirib tashlashi shart.
“Qonun loyihasi bolalarni himoya qilishga qaratilgan. Davlat organlari ushbu qonunni buzgan tarmoq egalarini sudga berishga va jarimalar talab qilishga tayyorlanmoqda”, — dedi DeSantis.
Yangi qonun shtatda 2025 yil yanvar oyida kuchga kirishi rejalashtirilgan. Mazkur qonunga besh farzandning onasi, kongress a’zosi Enji Nikson qarshi chiqqan. U buni “hukumatni suiiste’mol qilish” deb atagan. Nikson qoidalar yoki qonunlar emas, balki ota-onalar o‘z farzandlarining Internetdan foydalanishi bo‘yicha qaror chiqarishi kerakligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»