586
Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan”
Foto: Google Images
Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i, general-leytenant Kirill Budanovning aytishicha, Rossiya o‘z hududida terrorchilik operatsiyasi tayyorlanayotganini oldindan bilgan.
“2024 yil 15 fevralda Rossiya teraktga tayyorgarlik haqida bilar edi. Bu ma’lumotlar Suriyadagi razvedka bo‘limi orqali olingan. U yerdan Moskvaga yetib kelgan. Rossiya terakt yo‘q joydan sodir bo‘ldi, deb ertak to‘qimoqda”, — dedi u Strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha uchinchi xalqaro forumda.
Budanovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya jangarilar guruhi qayerdan kelishini, qaysi ikki davlat orqali mamlakat hududiga o‘tishini bilgan.
“Nega ular bunga yo‘l qo‘yishdi? Bir nechta variant bor. Birinchisi, ularning odatiga ko‘ra, klanlar o‘rtasida kadrlar bo‘yicha kurash. Teraktdan so‘ng bir nechta amaldorlar lavozimidan olib tashlanadi. Boshqa variant esa, ular haqiqatan ham teraktning ko‘lamini past baholagan. Rossiya bu terrorchilik harakati kichikroq ko‘lamda bo‘ladi, deb o‘yladi va hamma narsada Ukrainani ayblamoqchi bo‘ldi”, — dedi Budanov.
Uning ta’kidlashicha, Kreml Crocus City Hall'da sodir bo‘lgan voqealar versiyalarini allaqachon uch marta o‘zgartirib, teraktni Ukraina bilan bog‘lashga uringan.
“Patrushev va Bortnikovning tushuntirishlari paydo bo‘ldi, ular meni shaxsan aybladilar va bularning barchasini Ukraina qildi, deb aytdilar. Bu bema’nilik. Aytgancha, agar biz bu og‘riqli masalaga to‘xtalgan bo‘lsak, garchi bu dushman bo‘lsa ham, men terrorchilikni prinsipial jihatdan ma’qullamayman. Chunki bu tinch aholiga qarshi qaratilgan harakat”, — dedi Budanov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda