Rossiyalik siyosatchi Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza tartibini kiritishni taklif qildi

Rossiyaning "Spravedlivaya Rossiya" ("Adolatli Rossiya") partiyasi etakchisi Sergey Mironov Rossiya Dumasiga saylovoldi debatlari efirida Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza tartibini kiritish zarurligini aytdi, deyiladi "Kun" nashrida.
"Biz Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza tartibini qaytarish lozimligiga ishonamiz, chunki bugungi kunda gastarbayterlar deb ataluvchilarning nazoratsiz oqimi davlatimizni to‘lg‘azib yubordi. Biz davlatimizga vizasiz kirayotgan va chiqayotganlardan majburiy tarzda barmoq izlari olinishi kerak, deb hisoblaymiz", deb aytdi Mironov.
Rossiya Dumasiga 7-chaqiriq saylovlari 18 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. 20 avgustda tashviqot davri boshlandi va u 17 sentyabrgacha davom etadi.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan viza kiritilishi g‘oyasini Vladimir Jirinovskiy tanqid qildi va terrorchilikka qarshi kurash uchun boshqa davlatlar bilan sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligini aytdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing