Singlisi Britani bilan bir tanani baham ko‘rgan Ebbi amerikalik faxriy harbiy Josh Bouling bilan turmush qurdi.
Abbi va Britani mashhur siam egizaklaridir. Ebbi o‘ng qo‘l va o‘ng oyoqni boshqaradi, Britani chap qo‘l va chap oyog‘ini boshqaradi. Har birining o‘z yuragi, buyragi, oshqozoni, orqa miya va miyasi bor.
Opa-singil Xensel 1990 yil 7 martda AQSHning Minnesota shtatida tug‘ilgan. Ularning ota-onalari Patti va Mayk Xensel bolalarni ajratish operatsiyasini juda xavfli deb hisoblab, rad etishgan. Chunki shifokorlar operatsiyadan keyin ikkalasining ham tirik qolish ehtimoli pastligidan ogohlantirgandi.
Opa-singillar hozir 34 yoshda. The Daily Mail nashrining yozishicha, ular Minnesota shtatidagi boshlang‘ich maktabda matematikadan dars berishadi. «Shubhasiz, biz bitta ish haqi olishimizni tushunamiz, chunki bir kishining ishini qilyapmiz», deydi Ebbi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)