Foto: “TASS”
Rossiya Qurolli kuchlari so‘nggi 7 kun ichida Ukrainaga 1 ta ommaviy va 57 ta aniq zarbalar bergan. Bu haqda “TASS” nashri Rossiya mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib, ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, hujumlarda “Sirkon” qanotli va “Kinjal” gipertovushli ballistik raketalaridan foydalanilgan. Raketalar strategik muhim nuqtalarga yo‘naltirilgan.
Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa va dron zarbalari Ukraina harbiy-sanoat majmuasi, Qurolli kuchlar va xavfsizlik xizmati qaror qabul qilish markazlari, uchuvchisiz tezyurar katerlarni yig‘ish sexlari, arsenallar, yoqilg‘i omborlari, havo hujumidan mudofaa obyektlari, energetika infratuzilmasi obyektlari va maxsus qurilmalarni vaqtincha joylashtirish punktlariga yo‘naltirilgan. Ukraina hududidagi xorijiy yollanma askarlar to‘planish punktlariga ham hujumlar uyushtirilgan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, o‘tgan 7 kun ichida jami 18 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi ruslarga taslim bo‘lgan. Ularga nisbatan qanday munosabat bildirilgani haqida rus armiyasi shtabi ma’lumot bermagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)