Foto: AsiaPlus
Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abdulqodirzoda juma namozi chog‘ida muhojirlarni “chet elda ehtiyot bo‘lishga, har qanday fitnaga aralashmaslikka va o‘zini balolarga duchor qilmaslikka” chaqirdi. Bu haqda AsiaPlus xabar berdi.
“Vasvasa va provokatsiyaga berilmang. Siz Tojikistonning xorijdagi vakillarisiz. Vatanparvar bo‘ling va Tojikistonning obro‘ va shuhratini mamlakat tashqarisida ko‘tarishga harakat qiling”, — ta’kidladi Saidmukarram Abdulqodirzoda.
Muftiy aynan nimani nazarda tutganini aytmadi. Poytaxtdagi “Imom al-Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi ham o‘z ma’ruzasida Vatan, vatanparvarlik haqida to‘xtalib, unga muhabbat iymon-e’tiqoddan ekanini ta’kidladi.
U har qanday zo‘ravonlikni, ayniqsa din nomidan qilingan ishlarni qoraladi.
“Jihod qilmoqchi bo‘lsangiz — ota-onangizga g‘amxo‘rlik qiling, yeringizni himoya qiling, farzandlaringizga ta’lim bering, turmush o‘rtog‘ingizni ta’minlang. Bu jihoddir”, — dedi masjid imomi.
Tojikistondagi mazkur murojaatlar Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’da sodir etilgan terakt va uni amalga oshirishga ayblanib, Tojikiston fuqarolari qo‘lga olinganidan keyin yangramoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr