date
views 337

Rossiyaning Qora dengizdagi qirg‘oqlarida 100 dan ortiq delfin jasadi topildi

Rossiyaning Qora dengizdagi qirg‘oqlarida 100 dan ortiq delfin jasadi topildi
Foto: The Moscow Times
Rossiyaning Qora dengiz bo‘yi hududlaridan 2 aprel kuni 100 dan ortiq delfin jasadi topildi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Delfinlarni qutqarish va tadqiqot markazi ma’lum qilishicha, so‘nggi bir oy ichida Rossiyaning Qora dengiz qirg‘oqlarida delfinlar o‘limi bilan bog‘liq holat ko‘paygan. Qirg‘oqdan shu paytga qadar topilgan o‘lik delfinlar soni esa 140 ga yetgan.

Oxirgi oyda jami 137 ta kitsimonlarga mansub dengiz hayvoni nobud bo‘ldi. Bu jiddiy ko‘rsatkich”, — deb yozgan Delfa manbasi.

Jonivorlarning ko‘pchiligida baliq ovlash to‘rlari belgilari, jumladan chuqur tirnalish izlari, qanotlar yoki dum yo‘qotilishi, shuningdek, oshqozon yirtilishi kabi holatlar qayd etilgan.

Qutqaruv markazi ma’lumotlariga ko‘ra, delfinlar o‘limining ko‘payishi hukumatning Rossiya janubidagi Kavkaz mintaqasida 2024 yilgi baliq ovlash kvotasining ikki baravar oshirilgani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Agar muqobil yo‘l topilmasa yoki baliq ovlash qoidalari qayta ko‘rib chiqilmasa, Qora dengiz delfinlarsiz qoladi”, — deyiladi rasmiy xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Qora dengizdagi qirg‘oqlarida 100 dan ortiq delfin jasadi topildi