07:33 / 03.04.2024
344

Ukraina armiyasi Zaporoje viloyatidagi fuqarolik obyektlariga hujum uyushtirdi

Ukraina armiyasi Zaporoje viloyatidagi fuqarolik obyektlariga hujum uyushtirdi
Foto: “TASS”
Ukraina qurolli kuchlari 2 aprel kuni Zaporoje viloyatining qator hududlariga hujumlar uyushtirdi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Kamenka Dneprovskaya shahridagi bir qancha zavodlar va fuqarolik inshootlari, shuningdek, kasalxona kassetali o‘qlardan nishonga olingan. Hujum sodir etilgan hududda rus askarlari bo‘lmagan.

Munitsipalitet rahbari o‘rinbosari Anatoliy Basning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kuchlari AQSHda ishlab chiqarilgan M46 o‘q-dorilaridan foydalangan. Ba’zi o‘qlar portlamay qolgani uchun rus qo‘shinlari minalardan tozalash operatsiyasini o‘tkazgan.

Xabarda keltirilishicha, ukrainalik diversantlar 2 aprel kuni erta tongda terakt uyushtirishgan. Hujum markaziy tuman kasalxonasi va Kamenka Dneprovskaya tumanidagi munitsipal obyektlarni nishonga olgan. Ikkita M-46 kassetali o‘qlaridan o‘t ochilgan.

Kamenka Dneprovskaya Zaporoje viloyatidagi Ukraina pozitsiyalariga eng yaqin joylashgan shahardir. Ushbu shahar hududini so‘nggi 4 oydan beri rus kontingenti qo‘riqlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina armiyasi Zaporoje viloyatidagi fuqarolik obyektlariga hujum uyushtirdi