Foto: Google Images
Bloomberg agentligining xabar berishicha, Braziliya Kiyevga o‘q-dori yetkazib berish bo‘yicha ittifoqchilarning so‘rovlarini bajarishdan bosh tortgan. Shuningdek, Yaponiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida snaryadlarni qo‘shimcha yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
Bloomberg muzokaralar tafsilotlarini keltirmagan. 2023 yil dekabrida Financial Times gazetasi Yaponiya Buyuk Britaniya orqali Ukrainaga artilleriya snaryadlarini yetkazib berish taklifini ko‘rib chiqayotganini yozgan edi. Ushbu tashabbusga ko‘ra, Yaponiya Britaniyaning BAE Systems mudofaa kompaniyasi litsenziyasi bo‘yicha 155 millimetrli snaryadlarni ishlab chiqaradi va keyin ularni Buyuk Britaniyaga jo‘natadi.
Yanvar oyi oxirida The Wall Street Journal ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralardagi qiyinchiliklar tufayli rejani amalga oshirish sekinlashganini yozgan edi. Nashr manbalariga ko‘ra, Britaniya tomoni Ukraina harbiylari Yaponiyaning “Komatsu” kompaniyasi ishlab chiqargan 155 millimetrli snaryadlardan foydalana olishiga shubha qilgan. Nashrning yana bir manbasi “Komatsu” Buyuk Britaniyaga yetkazib berishi mumkin bo‘lgan o‘q-dorilar miqdori cheklanganligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi