Foto: ABC News
2023 yilni o‘zining Eras nomli dunyo gastrollari bilan o‘tkazgan qo‘shiqchi Teylor Svift ilk bor Forbes'ning milliarder insonlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar berdi.
Teylor faqatgina xonandalik ijodiy faoliyatidan olgan daromadi asosida milliarderlar ro‘yxatiga kirgan birinchi san’atkor bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda uning boyligi 1,1 milliard dollarni tashkil qiladi.
Teylor Svift milliarderlar reytingida 2545-o‘rinni egalladi. Yulduzning kapitali dunyo bo‘ylab gastrol safarlari, striming platformalaridan tushgan rekord darajadagi daromadlari hamda sotilgan disklaridan kelgan foyda orqali ko‘tarilib bormoqda.
The Eras Tour'dan lavha
The Eras Tour'dan lavha
Foto: NY Daily News
Forbes nashri qayd etishicha, Teylor Svift beshta qit’a bo‘ylab The Eras Tour gastrol safarlarida bo‘lgan va 2023 yilda jiddiy mehnat qilgan. U milliarderlar reytingiga faqatgina qo‘shiqlari va konsert dasturlari asosida kirgan birinchi xonanda hisoblanadi.
Ekspertlar Teylorning ko‘chmas mulklari qiymatini ham hisoblab chiqdi. Yulduzga tegishli uylarning umumiy narxi 125 million dollardan ortadi.
Svift joriy yilning aprel oyida o‘zining yangi albomini taqdim etishi rejalashtirilgan. Tinimsiz mehnatda bo‘lgan pop yulduz milliarderlar ro‘yxatida yanada yuqori pog‘onani egallashi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi
AQShda milliarder Ilon Mask sudga berildi