Rossiya poytaxti Moskva shahri ma’muriyati musulmonlarga Ramazon oyi tugaganidan so‘ng, «bayram namozini uyda o‘qishni» tavsiya qildi, deb xabar berdi «Ostorojno, novosti». Manba Moskva shahri milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti hujjatiga tayanmoqda.
Departament poytaxt prefektlariga maktub yo‘llab, musulmonlarni Moskvada amal qilayotgan cheklovlar haqida ogohlantirishni so‘ragan.
Musulmonlarga, shu jumladan, ish beruvchilar orqali, ibodat onlayn translyatsiya qilinishi haqida xabar berish, bunda Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarga alohida e’tibor qaratish so‘ralgan. Departament vakili cheklovlarni «Krokus Siti Xoll»dagi terakt bilan bog‘liqligini aytgan.
Rossiyada Ramazon hayiti 10 aprelga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda. Aniq sana hali rasman e’lon qilinmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdoʻgʻon boshqa davlatlarni Suriyadan “qoʻllarini tortishga” chaqirdi
Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Asirga tushgan ukrain askari: “Ular zamonaviy jang uslublarini bilishmaydi”
Tojikistondan 20 kgdan ortiq “opiy” moddasini olib oʻtgan shaxslar ushlandi
Isroil va HAMAS Gʻazo boʻyicha kelishuvga erishdi
Gruziyaning sobiq bosh vaziri doʻpposlandi