
Foto: Reuters
Isroil hukumati 4 aprel kuni G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotlar davomida hibsga olingan 100 nafardan ortiq falastinlikni ozod qildi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
G‘azo chegara va o‘tkazuv bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil hukumati G‘azo sektoridan bo‘lgan 101 nafar falastinlikni hibsdan chiqargan. Mahalliy nashrlar ham bu xabarni tasdiqlagan.
Al Jazeera'ga ko‘ra, ozod etilganlarning ko‘pchiligi Rafahdagi tibbiyot muassasalariga olib ketilgan. Ular qamoqda bo‘lganlarida kaltaklanish natijasida suyak sinishi yoki boshqa jarohatlar uchun davolanmoqda.
Ozodlikka chiqqan mahbuslar hikoya qilishicha, ular kuniga 24 soat kishanda bo‘lgan. Ularning qo‘llari va oyoqlariga og‘ir shikast yetkazilgan. Shuningdek, mahbuslarning muntazam ravishda ko‘zlari bog‘lab turilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar