07:00 / 05.04.2024
97

Isroil armiyasi G‘arbiy Sohilda reyd uyushtirib, 40 nafar falastinlikni hibsga oldi

Isroil armiyasi G‘arbiy Sohilda reyd uyushtirib, 40 nafar falastinlikni hibsga oldi
Foto: Anadolu
Isroil harbiylari 4 aprel kuni G‘arbiy Sohilda reyd o‘tkazib, kamida 40 nafar falastinlikni hibsga olgan. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Mahbuslar ishlari bo‘yicha komissiya va Falastin mahbuslar jamiyati qo‘shma bayonotida aytilishicha, hibsga olinganlar orasida uch nafar ayol ham bor. Hibsga olishlar hech qanday jiddiy sabablarsiz amalga oshirilgani xabar qilingan.

Falastin manbalari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yilning oktyabridan beri G‘arbiy Sohilda kamida 8030 nafar falastinlik Isroil kuchlari tomonidan hibsga olingan. Hibsga olishlar asosan Ramalloh, Jenin, Nablus, Qalqilya, Tubas, Baytlahm va Xevron shaharlarida amalga oshirilgan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil armiyasi tomonidan bosib olingan hududda shu paytga qadar kamida 456 falastinlik halok bo‘lgan va 4750 dan ortiq kishi jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo