Ayollardan qo‘rqishi sababli 55 yildan beri yolg‘iz yashayotgan erkak haqida!

Ruandada yashovchi Callixte Nzamwita 55 yildan beri yolg‘iz hayot kechirib kelayotgani bilan xalqaro e’tiborga tushgan. Uning aytishicha, bunga ayollardan kuchli qo‘rqishi sabab bo‘lgan. Bu qo‘rquv erkakda 16 yoshida paydo bo‘lgan.
Nzamwita odamlar, ayniqsa ayollar bilan yaqin muloqotdan qochish uchun uyi atrofini panjara bilan o‘rab olgan. U kichik, bir xonali uyda yashaydi. Afrimax TV telekanaliga bergan intervyusida ayollarga yaqin bo‘lishning o‘zi unda qo‘rquv uyg‘otishini aytgan.
Uning holati ginofobiya — ayollardan kuchli qo‘rqish bilan taqqoslanadi. Biroq erkakka aynan shunday tashxis qo‘yilgani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
izig‘i, Nzamwitaning ayollardan uzoq yurishiga qaramay, mahalladosh ayollar unga muntazam yordam berib keladi. Ular panjara ortiga oziq-ovqat va kundalik hayot uchun zarur buyumlarni qoldirib ketishadi.
Shu tariqa, mahalla ayollarining ko‘magi bilan u o‘zi uchun qulay deb bilgan masofani saqlagan holda yashashda davom etmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…