Shvetsiyada Qur’onni yoqib yuborgan Salvan Momika Norvegiyada qo‘lga olindi va Shvetsiyaga deportatsiya qilinadi. Bu haqda Oslo sudiga asoslanib Aftonbladet gazetasi xabar berdi.
Oslo sudi ma’lum qilishicha, «barcha rasmiy va amaliy choralar ko‘rilgach, deportatsiya amalga oshadi».
Momika 28 mart kuni Norvegiya politsiyasi tomonidan hibsga olingandi.
Shvetsiyada yashash huquqiga ega aslida iroqlik muhojir Salvan Momika o‘tgan yil 27 iyun, Qurbon hayitining birinchi kunida Stokgolm shahridagi bosh masjid oldida muqaddas Qur’on kitobini omma oldida yoqib yuborgan edi. Avgust oyida bu ishini iroqlik boshqa bir muhojir Salvan Najem bilan birgalikda yana takrorladi.
Ushbu qilmishlar musulmon mamlakatlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Shvetsiyaning o‘zida minglab odamlar norozilik namoyishlariga chiqdi. Turkiya Shvetsiyaning NATOga a’zolik uchun arizasini rad etish bilan tahdid qildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qur’oni karim yoqib yuborilganini yovuz harakat deb atab, keskin qoraladi.
2023 yilning oktyabrida Shvetsiya muhojirlik masalalari organi Momikaga berilgan yashash huquqi muddatini uzaytirmaslikka qaror qildi, chunki u boshpana berishni so‘rab yozgan arizasida yolg‘on ma’lumotlarni kiritgan. Avvalroq unga Qiynoqlarga qarshi konvensiya asosida mamlakatda qolishiga ruxsat etilgan edi.
2024 yil fevralida Momika Shvetsiya muhojirlik boshqarmasi uni mamlakatdan chiqarib yuborish haqida chiqargan qaror ustidan Shvetsiya muhojirlik masalalari sudiga apellyatsiya bergan, ammo rad javobini olgandi. Sud qarori uni Shvetsiyada yashash huquqidan mosuvo qiladi. Bundan tashqari, uning mamlakatga besh yilgacha kirishi taqiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi