
Foto: Attila Kisbenedek/AFP
Vengriya poytaxti Budapeshtda minglab odamlar Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hukumatiga qarshi norozilik bildirib, namoyish o‘tkazdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, norozilik namoyishlarini 43 yoshli Piter Magyar olib borgan. Magyar sobiq hukumat tanqidchisi va deputat bo‘lgan.
Magyar, shuningdek, Orbanning “Fides” partiyasiga qarshi chiqishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Uning maqsadi Yevropa Ittifoqiga xayrixoh siyosiy partiya yaratish ekani ma’lum qilingan.

Foto: Reuters
Budapeshtdagi namoyishda 10 000 dan ortiq odam ishtirok etgan. Namoyishchilar Vengriya parlamenti tomon yurishgan va “Biz qo‘rqmaymiz”, “Orban, iste’foga chiq!” kabi hayqiriqlarni baralla aytishgan.
Namoyishchilar fikricha, Vengriyada hukumat korrupsiyalashgan. U Vengriya xalqi irodasini bir chetga surib, Rossiyaga xayrixohlik qilmoqda.
Hukumat namoyishlar haqida izoh bermagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar