date
views 525

HAMAS rahbari og‘ir yo‘qotishga uchradi

HAMAS rahbari og‘ir yo‘qotishga uchradi
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya arab OAVlariga G‘azo sektoridagi havo hujumida uch o‘g‘li halok bo‘lganini tasdiqladi.

Uning bayonoti HAMASga aloqador axborot agentligining G‘azo shahri g‘arbidagi qochqinlar lageriga uyushtirilgan zarbada uch o‘g‘li - Hazem, Amir va Muhammad Ismoil va uning bir necha nevaralari halok bo‘lgani haqidagi xabarlari ortidan yangragan.

Guruhning Qatarda joylashgan siyosiy byurosi rahbari Al-Jazira bilan telefon orqali suhbatda urushi paytida uning o‘g‘illari G‘azo sektorida qolganini aytdi.

Bular Xoniya oilasining urushda halok bo‘lgan birinchi a’zolari emas: fevralda uning yana bir o‘g‘li, oktyabrda uning ukasi va jiyani, noyabrda esa nabirasi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Xoniya o‘z farzandlari va nabiralarini «shahidlar» deb atagan.

Shuningdek, u yaqinlarining o‘limi HAMASning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha joriy muzokaralardagi pozitsiyasini o‘zgartirmasligini qo‘shimcha qildi. Isroil rasmiylari Haniya o‘g‘illarining o‘limi haqidagi xabarlarga hozircha izoh bermagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS rahbari og‘ir yo‘qotishga uchradi