12:28 / 12.04.2024
944

Putin Ukraina bilan Istanbulda erishilgan kelishuvga qaytishga rozi bo‘ldi

Putin Ukraina bilan Istanbulda erishilgan kelishuvga qaytishga rozi bo‘ldi
Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda Istanbuldagi muzokaralar doirasida Ukraina bilan kelishuvga qaytish taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Kreml saytida xabar berildi.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida tomonlar “jiddiy olg‘a siljish”ga erishgan, biroq keyinchalik kelishuvlar buzilgan. U Moskvaning urushni tinch yo‘l bilan tartibga solish tashabbuslari “Ukrainada javob topishiga” ishonch bildirdi va bu yo‘nalishda Putin bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi.

Bir paytlar menga ko‘rsatgan va topshirgan hujjatni olib, stolga qo‘yish va u bo‘yicha harakatlanish kerak”, — dedi Belarus rahbari.

Ha va u bilan ishlash kerak”, — dedi Putin.

Lukashenko mazkur hujjatda “Ukraina uchun ham maqbul pozitsiya” aks etgani va ular bunga rozi bo‘lishganini aytdi.

Ular rozi bo‘lishgan, albatta”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.

Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya va Ukraina delegatsiyalari muzokaralarning bir necha raundini, jumladan, Istanbulda ham o‘tkazdi. Rossiya tomondan muzokarachilari rahbari, prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy tomonlar muvaffaqiyatga erishganini aytdi.

Kiyev boshqa narsalar qatorida xavfsizlik kafolatlari evaziga Ukrainaga neytral maqomini taklif qildi”, — dedi u.

Istanbuldagi uchrashuv 29 mart kuni bo‘lib o‘tgandi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Ukraina “Rossiyaning fundamental talablarini bajarishga tayyorligini e’lon qilganini” aytgan. Talablar orasida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishi va hududiga xorijiy harbiy bazalarni joylashtirmasligi ham bor edi.

Shuningdek, u Kiyev neytral va yadrosiz maqomga intilayotganini tasdiqlaganini, Rossiya esa Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshi emasligini aytgan. Biroq mamlakatlarning ikki tomonlama muzokaralari Ukraina tashabbusi bilan may oyida tugatildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, G‘arb Kiyevga muzokaralarni davom ettirishni taqiqlagan. 30 sentyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan muzokara qilishdan bosh tortishini ma’lum qildi. Zelenskiy, shuningdek, mamlakatning NATOga tezlashtirilgan asosda qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Ukraina bilan Istanbulda erishilgan kelishuvga qaytishga rozi bo‘ldi