G‘arbiy Sohilda isroilliklar va falastinliklar to‘qnashdi

1 daqiqa o'qish388
G‘arbiy Sohilda isroilliklar va falastinliklar to‘qnashdi
Foto: Jaafar ASHTIYEH / AFP
O‘rdun daryosining g‘arbiy sohilida 14 yoshli yahudiy o‘smirning o‘ldirilishi oqibatida isroilliklar va falastinliklar to‘qnashdi. O‘nlab odamlar jarohat oldi. Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) mintaqaga qo‘shimcha harbiy kuchlarni kiritdi, deb yozdi The Times of Israel.

«Hozir Yahudiya va Samariyada (G‘arbiy Sohil) joylashgan harbiy kuchlarga qo‘shimcha ravishda hududdagi tartibni kuchaytirish uchun harbiylar va politsiya yuborildi», deyiladi xabarda.

Qudduslik 14 yoshli yahudiy o‘smirning o‘ldirilishi haqida bir kun oldin ma’lum bo‘ldi. Isroil razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u terakt oqibatida halok bo‘lgan. O‘smirning o‘ldirilishi haqidagi xabarlar ortidan isroillik ko‘chkindilar Ramalloh shimoli-sharqidagi al-Mug‘ayir qishlog‘iga kirib, uylar va mashinalarni yoqib yuborgan. Kamida bir falastinlik halok bo‘lgan, uch kishi yaralangan. Falastinning rasmiy Wafa axborot agentligiga ko‘ra, isroillik ko‘chkindilar yaqin atrofdagi Duma qishlog‘idagi bir necha falastinliklarning uylariga o‘t qo‘ygan.

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant ijtimoiy tarmoqda isroilliklarga qarata shunday yozdi: «Men jamoatchilikka murojaat qilaman: xavfsizlik kuchlariga terrorchilarni ovlashda tezkor harakat qilish imkonini bering. Qasos olish harakatlaringiz askarlarimizga o‘z missiyasini bajarishni qiyinlashtiradi. Siz qonunni o‘z qo‘lingizga ololmaysiz».

G‘arbiy Sohildagi vaziyat 7 oktyabr kuni G‘azo sektorida Isroil va HAMAS o‘rtasida urush boshlanganidan beri yomonlashdi. Falastin jangarilari Isroil janubiga hujum qilib, 1200 ga yaqin odamni o‘ldirgan va 253 kishini garovga olganidan keyin Isroil HAMAS harakatiga qarshi urush e’lon qildi. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan beri Isroil hujumlari oqibatida 33 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?