10:30 / 14.04.2024
218

Germaniya kansleri: “Germaniya qat’iy Isroil tomonida”

Germaniya kansleri: “Germaniya qat’iy Isroil tomonida”
Foto: Reuters
Germaniya kansleri Olaf Sholz Eronning Isroilga hujumini qoralab, mazkur hujumni “hech qanday tarzda oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi.

"Biz qat’iy Isroil tomonida turibmiz va endi hamma narsani ittifoqchilarimiz bilan muhokama qilamiz", — deya qo‘shimcha qilgan kansler.

Tehronning hujumi ko‘plab dunyo rahbarlari tomonidan qoralandi

Avvalroq Eronning Isroilga hujumini BMT bosh kotibi Antonio Guterrish, Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok, Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel, Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak hamda Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurne qoralagan edi. Saudiya Arabistoni rasmiylari mintaqadagi harbiy kuchayish va uning mumkin bo‘lgan oqibatlaridan chuqur xavotir bildirgan.

Eronning Suriyadagi konsulligiga hujum

Isroil 1 aprel kuni Damashqdagi Eron konsulligiga hujum qilgani aytilgach, mintaqadagi keskinlik kuchaygan. Hujum oqibatida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘lgan edi. Shundan so‘ng, Eronning ruhiy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilni “jazolash” bilan tahdid qilgan.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakati har qanday javobga tayyorligini ma’lum qilgan.

"Kim bizga zarar yetkazsa yoki bizga zarar yetkazishni rejalashtirsa, biz ularga zarar beramiz", — deya ta’kidalagan edi Netanyaxu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya kansleri: “Germaniya qat’iy Isroil tomonida”