10:56 / 15.04.2024
405

Ukraina Rossiya armiyasining frontdagi ustunligini tan oldi

Ukraina Rossiya armiyasining frontdagi ustunligini tan oldi
© Sputnik / RIA Novosti
Ukraina Qurolli kuchlari ofitserlari Rossiya armiyasining frontdagi ustunligi haqida gapirdi, deb yozadi “La Vanguardia”.

Ukrainalik generallar tan olishlaricha, rus qo‘shinlari ukrainaliklardan yetti-o‘n baravar ko‘p, biroq ularda (Ukraina Qurolli kuchlari – tahr.) dushmanni to‘xtatib turish uchun yetarli qurol bo‘lmasa, frontda ko‘proq odam bo‘lishi ham yetarli bo‘lmasligi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Maqolada qayd etilishicha, ikki yildan ortiq davom etgan mojarodan so‘ng Ukraina 2022 yil fevralidan beri eng og‘ir ahvolga tushib qolgan. Unga ko‘proq askar, ko‘proq qurol va ko‘proq G‘arb yordami kerak.

2 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qurolli kuchlari rahbariyati bilan uchrashuvda yanvar oyidan beri Ukraina Qurolli kuchlari 80 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 14 ming turli xil qurollar, jumladan 1200 dan ortiq tanklar va boshqa zirhli jangovar mashinalarni yo‘qotganini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiya armiyasining frontdagi ustunligini tan oldi