Foto: Iran International
Ozarbayjon hukumati Isroilga Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun o‘z aerodromlarini topshirgan. Bu haqda Iran International nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Isroil bu inshootlardan Eron yadroviy inshootlariga hujum uyushtirilish maqsadida foydalanishi mumkin. Boku hukumati o‘zaro harbiy hamkorlik doirasida aerodromlardan foydalanishga ruxsat bergan.
Isroilning Haaretz gazetasida chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yetti yil ichida Ozarbayjonning Silk Way Airlines aviakompaniyasi Isroildagi Ovda havo bazasiga 92 marta reys tashkil etgan. Isroildagi ushbu havo bazasi asosan portlovchi moddalarni mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketish uchun foydalanilishi ma’lum qilingan.
Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston o‘rtasidagi ziddiyat davrida o‘zaro reyslar soni ham ortib borgani aytiladi. Shuningdek, Ozarbayjon ma’muriyati Eronni kuzatish uchun Isroilning Mossad razvedka xizmatiga mamlakatga kirishga izn bergani ma’lum qilingan.
“Harbiy yordam evaziga Ozarbayjon Isroil maxfiy xizmati Mossadga Eronda bo‘layotgan voqealarni kuzatish uchun bo‘lim ochishga ruxsat berdi”, — deb yozgan Haaretz nashri.
Ozarbayjon oliy davlat tashkilotlari hozircha aerodromlarning xorijiy ekspluatatsiya uchun berilishi borasida munosabatini oshkor qilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
Turkiyada spirtli ichimlikdan vafot etgan oʻzbekistonliklar 6 nafarga etdi
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi