08:09 / 22.04.2024
181

HAMAS yetakchisi Falastinni boshqarish rejasi bilan bo‘lishdi

HAMAS yetakchisi Falastinni boshqarish rejasi bilan bo‘lishdi
Foto: AFP
HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya jangovar harakatlar tugagach, G‘azo sektori falastinliklar tomonidan boshqarilishini ta’kidladi va Falastin ichki siyosatini isloh qilish rejasi bilan bo‘lishdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

HAMAS G‘azo sektorini yakka o‘zi nazorat qilishni talab qilmaydi. Biroq, biz Falastin xalqining bir qismimiz va hamkorlikka asoslangan milliy birlik hukumatini tuzib, G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha kelishib olishimiz mumkin. Bu milliy muammolar. Biz ishg‘olchilar yoki boshqa birovning Falastin, G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil yoki ikkalasidagi vaziyatni tartibga solishiga ruxsat bermaymiz”, — dedi u.

Haniya G‘azo sektorini boshqarishning bir qancha muqobil variantlari taklif qilingani, biroq ular muvaffaqiyatga erishmaganini ta’kidladi.

Biz Falastinning ichki siyosatini tartibga solish uchun ikki bosqichli reja ishlab chiqdik. Birinchi bosqich Falastinliklarning barcha guruhlarini o‘z ichiga oladigan Falastinni ozod qilish tashkilotini qayta tashkil etishdir. Ikkinchi bosqich G‘azoni rekonstruksiya qilish, G‘arbiy Sohil va G‘azo sektoridagi institutlarni birlashtirish, shuningdek, prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni ta’minlaydigan milliy hukumatni yaratishni o‘z ichiga oladi”, — dedi Ismoil Haniya.

20 aprel kuni Ismoil Haniya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. Muzokaralar Istanbuldagi Dolmabaxche prezidentlik saroyida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari, shuningdek, anklavda o‘t ochishni to‘xtatish tashabbuslarini muhokama qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS yetakchisi Falastinni boshqarish rejasi bilan bo‘lishdi