Foto: AP/picture alliance
Eron atom bombasini yaratish uchun yetarli darajada boyitilgan uranga ega bo‘lishiga «oylar emas, haftalar» qoldi. Bu haqda 22 aprel, dushanba kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi DW nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Eronning uranni boyitish darajasi deyarli yadroviy qurol yaratish uchun zarur bo‘lgan darajaga yetayotgani xavotir uyg‘otsa-da, Eronda bunday qurollar allaqachon bor, degan xulosaga kelish mumkin emas, deya qo‘shimcha qildi Grossi. AEXA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ishlaydigan yadroviy kallakni yaratish boyitilgan uran ishlab chiqarishdan tashqari, «ko‘p boshqa narsalarni» talab qiladi, masalan, sinovlarni.
Eronning faoliyati - AEXA uchun «ko‘rinmas»
Eronning mamlakatga «tibbiy va fuqarolik» maqsadlarda yadroviy texnologiya kerakligi haqidagi kafolatlari boshqa savollarni tug‘diradi, dedi Grossi. Masalan, bu maqsadlar uchun boyitilgan uranning «shunday hajmlari» va uni ishlab chiqarishning «shunday tezligi» nima uchun kerak? Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday xavotirlar AEXA o‘zining eronlik hamkasblari faoliyatini «kerakli darajada ko‘rish»ga ega emasligi bilan kuchaymoqda.
Jurnalistning Eron yadroviy qurolni samarali ishlab chiqarayotgani va AEXA bu haqda bilmasligi mumkinmi degan savoliga Grossi ma’lumot yo‘qligi sababli «bu haqda taxmin qila olmayman», deb javob berdi.
Yadro quroli bo‘yicha gap-so‘zlarni normallashtirish - «mutlaqo achinarli»
Suhbat chog‘ida AEXA rahbari, shuningdek, Isroilning HAMAS bilan urushi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi sharoitida yadroviy obyektlarga hujumlar bilan bog‘liq suhbatlarni normallashtirish uchun «tashvishli tendensiya» mavjudligini ta’kidladi. Ular orasida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasi yoki hatto HAMAS bilan urush boshida Isroil hukumati tomonidan aytilgan yadroviy quroldan foydalanish tahdidi bor. Grossining so‘zlariga ko‘ra, bunday normallashtirish yadroviy qurolni tarqatmaslik rejimining bosqichma-bosqich yo‘q qilinishiga olib keladi, u esa oxirgi 70 yil davomida yadro urushi oldini olishga imkon berdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi