350
Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi
Foto: Andrii Marienko/AP Photo/picture alliance
Rossiya Xarkivga zarbalar va shahar aholisiga qarshi axborot operatsiyalarini kuchaytirdi, bu shaharga ehtimoliy yangi hujumlar oldidan fuqarolarni qochish, millionlab odamlarni esa mamlakat ichida ko‘chishiga majbur qilishi mumkin, deb xabar berdi 23 aprel, seshanba kuni Amerika Urushni o‘rganish instituti (ISW).
Uning tahlilchilariga ko‘ra, rossiyaliklar Ukrainaning havo hujumidan mudofaa imkoniyatlari cheklanganligi va Ukrainada keskinlik kuchayishidan foydalanib, Ukrainaga Amerika harbiy yordamining yangi partiyasi kelishidan oldin qisqacha ochilgan imkoniyatlar oynasidan foydalanishga intilmoqda.
Kreml propagandasi, shuningdek, Xarkiv aholisining Rossiya shaharga hujum qilishi mumkinligi haqidagi xavotirlaridan foydalanmoqda va ukrainaliklar orasida vahima uyg‘otish uchun muvofiqlashtirilgan axborot operatsiyasini o‘tkazmoqda.
ISW: Rossiyaning Xarkivda muvaffaqiyat qozonish imkoniyati juda past
Shu bilan birga, ISW tahlilchilari, agar Ukraina tezda Qo‘shma Shtatlardan yangi keng ko‘lamli harbiy yordam paketini oladigan bo‘lsa, Rossiyaning Xarkivga quruqlikdagi muvaffaqiyatli hujumi ehtimoli juda past bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Ukraina rasmiylari avvalroq Rossiya qo‘shinlari Xarkivga qarshi quruqlikdagi operatsiyani shu yilning yozida boshlashi mumkin bo‘lgan ssenariyni ko‘rib chiqqan edi, biroq ISW tahlilchilariga ko‘ra, agar Ukraina qo‘shinlari uni himoya qilish uchun yetarlicha jihozlangan bo‘lsa, rossiyaliklar shaharni egallay olmaydi.
22 aprel kuni Rossiya qo‘shinlari Xarkivga yana ommaviy zarbalar berdi. Ulardan biri natijasida Xarkiv teleminorasi vayron bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi