07:50 / 24.04.2024
243

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi
Foto: Topor Live
Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Timur Ivanov pora olganlikda gumon qilinib, hibsga olindi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi telegram-kanalida xabar berdi.

Kreml vakili Dmitriy Peskov voqea xabari Vladimir Putinga yetkazilganini ma’lum qildi. Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham o‘rinbosari qo‘lga olinganini biladi.

Ivanov 2012 yilda Moskva viloyati hukumati raisi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2013–2016 yillarda — AO «Oboronstroy» («Mudofaaqurilish» AJ) bosh direktori.

2016 yil mayida prezident farmoni bilan mudofaa vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan.

Timur Ivanov 1 mln rubldan kam bo‘lmagan miqdorda pora olganlikda gumon qilinyapti. Aybi isbotlansa, 15 yilgacha qamalishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi