13:57 / 24.04.2024
227

Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi”

Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi”
Foto: Reuters
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Isroil Islom Respublikasi hududiga hujum qilsa, undan hech narsa qolmasligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Raisiy tegishli bayonotini 22 aprel kuni Pokistonga tashrifi chog‘ida e’lon qilgan. U Isroilning Eron hududiga hujumi hozirgi vaziyatni butunlay o‘zgartirishini aytgan.

Agar Isroil yana xatoga yo‘l qo‘yib, Eron hududiga hujum qilsa, u butunlay boshqacha oqibatlarga yo‘liqadi va Isroildan biror narsa qoladimi yoki yo‘qmi, noma’lum”, — dedi u.

Shuningdek, Eron prezidenti HAMASning 7 oktyabr kuni Isroilga hujumi Tel-Aviv va uning tarafdorlarining musulmon davlatlar bilan Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish borasidagi hisob-kitoblarini buzganini aytdi.

Isroil rasmiylari va ularning amerikalik tarafdorlari butun dunyoda nafrat uyg‘otmoqda”, — dedi Raisiy.
Eron prezidenti 22 aprel kuni Pokistonga tashrif buyurdi. Uning tashrifi uch kun davom etadi.

Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik

Isroil 1 aprel kuni Damashqdagi Eron konsulligiga aviazarba berdi. Diplomatik kvartalga uyushtirilgan hujum oqibatida eronlik generallar Muhammad Rizo Zohidiy va Muhammad Hodi Hoja Rahimiy, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining besh nafar zobiti halok bo‘ldi.

Isroil hujumini O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi ham qoraladi. Eron konsulligiga uyushtirilgan hujumga javoban 14 aprelga o‘tar kechasi Isroil hududiga 300 dan ortiq dron, qanotli va ballistik raketalar uchirdi. Isroil armiyasi ularning 99 foizi urib tushirilgani, bunga 3,5 million dollar sarflanganini da’vo qildi.

Erondan uchirilgan dron va raketalarni urib tushirishga AQSH ham yordam berdi. Hujumdan keyin Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbatda uni Eronga javob zarbasi berishdan tiyilishga chaqirdi. Tehron Isroildan hujum bo‘lgan taqdirda kuchli qurollarini ishga solishidan ogohlantirdi.

Isroil armiyasi Eronga, albatta, kerakli vaqt va paytda javob qaytarilishi, bundan boshqa chora yo‘qligini e’lon qildi. AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin isroillik hamkasbi Yoav Gallant bilan suhbatda vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirdi. 19 aprelda esa Isroil Eronga javob hujumi uyushtirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi”