Gurbanguli Berdimuhamedov: Turkmanistonda maydon va ko‘chalarga Islom Karimov nomi beriladi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Bu haqda «O‘zA»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
«Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tom ma’nodagi vatanparvar inson va buyuk davlat arbobi, dono siyosatchi Islom Karimovning barcha tashabbuslari xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlanganini, Turkmanistonda yoshu qari u kishini chin dildan hurmat qilishini ta’kidladi», – deyiladi O‘zA axborotida.
Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Turkmaniston – O‘zbekiston hamkorligini izchil rivojlantirishga katta hissa qo‘shganini qayd etib, Turkmanistonda maydon va ko‘chalarga Islom Karimov nomi berilishini ma’lum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing