23:42 / 30.04.2024
210

Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi

Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Foto: BBC
Filippinda daryo to‘g‘oni qurishi oqibatida uning ostidan 300 yillik shaharcha qoldiqlari topildi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Filippinda so‘nggi paytlarda kuzatilgan issiq havo oqimi to‘g‘onning katta qismi qurib qolishiga olib kelgan. Suv chekingan hududlarda 300 yillik shaharchaning binolari ko‘rinib qolgan.

Mahalliy aholi bu hududda Pantabangan shahri bo‘lganini tasdiqlagan. 1970 yillarda bu shaharcha suv ombori qurish paytida suv ostida qolib ketgan.

Filippinda hozirda mamlakatning deyarli yarmi qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgani aytiladi. Havo harorati mamlakat tarixidagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan.

Foto: BBC
Haddan tashqari issiqlik millionlab odamlarning kundalik hayotiga putur yetkazgan. Mamlakatdagi maktablar bir necha kunga yopilgan. Davlat tashkiloti xodimlariga uydan ishlash tavsiya qilingan.

Iqlim o‘zgarishining Filippinga umumiy ta’siri issiq harorat tarzida kechadi. Biz boshdan kechirayotgan issiqlik yaqin kunlarda doimiy ravishda oshishi mumkin”, — deyiladi rasmiylar xabarida.

Filippinda doimiy tarzda El Nino yoki Tinch okeanidagi yer usti suvlarining g‘ayrioddiy isishi hodisasi kuzatiladi. Hodisa, asosan, Arxipelag davlatining sharqiy sohillari, Tinch okeani bo‘yida kuzatiladi.

Foto: BBC
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurigan suv to‘g‘onidagi suv sathi odatdagi 221 metr balandlikdan qariyb 50 metrgacha tushib ketgan. Mart oyida suv ostidagi vayronalar ko‘rina boshlagan. Vayronalar poytaxt Maniladan 202 km shimolda joylashgan. Hududga asta-sekin sayyohlar ham kela boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi