Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi

Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Foto: Google Images
AQSHning Vashington shahridagi o‘rta maktab yaqinida otishma sodir bo‘ldi, oqibatda 17 yoshli o‘quvchi o‘q jarohati bilan kasalxonaga yetkazildi. Bu haqda mahalliy politsiya bo‘limi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q maktab binosi ichidagi o‘quvchi qizga teggan”, — deyiladi xabarda.

Matbuot anjumanida huquq-tartibot idorasi rasmiysi guvohlar bir nechta otishma ovozlarini eshitganini ma’lum qildi. Xabar berilishicha, otishma bir nechta guruh o‘rtasida ro‘y bergan. Hozirda politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar