06:30 / 07.05.2024
177

HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi

HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi
Foto: Anadolu
HAMAS xalqaro hamjamiyatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifini qabul qildi. Bu haqda Anadolu nashri Yaqin Sharq manbalariga asoslanib, xabar berdi.

Manbada aytilishicha, HAMAS rahbari Ismoil Haniya Qatar bosh vaziri va Misr razvedka boshqarmasi boshlig‘i bilan telefon muloqoti chog‘ida tashkilotning o‘t ochishni to‘xtatishga roziligini bildirgan.

Ismoil Haniya 6 mart kuni Qatar bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Tani va Misr razvedka xizmati rahbari Abbos Kamel bilan telefon muloqotida bo‘lgan. Tomonlar HAMAS rahbariga harbiy harakatlarni to‘xtatishni taklif qilgan.

Oldinroq Isroil kuchlari G‘azo janubidagi Rafah shahrining sharqiy hududlarida aholini ko‘chirish to‘g‘risida buyruq bergan edi. Buning oqibatida 1,5 million nafarga yaqin falastinliklar gumanitar anklavlarga o‘tkazilishi xabar qilingan.

Isroil tomoni HAMASning qaroriga hech qanday munosabat bildirmagan. Tel-Avivdan ham o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi