11:25 / 09.05.2024
149

Peter Siyarto: “Vengriya NATOning Ukrainaga yordam berish bo‘yicha 'ahmoqona missiyasi'da qatnashmaydi”

Peter Siyarto: “Vengriya NATOning Ukrainaga yordam berish bo‘yicha 'ahmoqona missiyasi'da qatnashmaydi”
Foto: Google Images
Vengriya NATOning Ukrainaga yordam berish bo‘yicha “ahmoqona missiyasi”da ishtirok etmaydi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto.

Aprel oyida NATO ittifoqchilari 100 milliard yevro (107 milliard dollar) jamg‘arma yaratib, Ukrainaga uzoq muddatli harbiy yordam ko‘rsatishni rejalashtirishni boshlashga kelishib olgandilar.

Rejalarga ko‘ra, NATO AQSH boshchiligidagi koalitsiyaning Ramshteyn deb nomlanuvchi guruhi funksiyalarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto mamlakat hukumati avvalroq bu rejaga qarshi chiqqanini tasdiqladi.

Vengriya bosimlarga qaramay, NATOning aqldan ozgan missiyasida ishtirok etmaydi”, — dedi u Londondagi tadbirda.

Vengriya hukumati oldin ham Ukrainaga yordam ajratilishiga to‘sqinlik qilishga uringandi. Xususan, bu davlat avvalroq 50 milliard yevrolik yordamga veto qo‘ygan.

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto NATO qo‘shinlarining Ukrainada bo‘lishi uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatishini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peter Siyarto: “Vengriya NATOning Ukrainaga yordam berish bo‘yicha 'ahmoqona missiyasi'da qatnashmaydi”