date
views 226

HAMAS vakillari Livan poytaxtida “Hizbulloh” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

HAMAS vakillari Livan poytaxtida “Hizbulloh” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi
Foto: thehindu.com
HAMAS rahbariyati vakillari 15 may kuni Livan poytaxti Bayrutda “Hizbulloh” tashkiloti yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda Livan mahalliy manbalariga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, uchrashuvda “Hizbulloh” tomonidan oliy rahbar Hasan Nasrullohning o‘zi ishtirok etgan. HAMAS a’zolari Bayrutda tantanali kutib olingan.

HAMAS delegatsiyasiga guruhning G‘azodagi rahbari o‘rinbosari Xalil al-Hayya boshchilik qilgan. Vakillar

tarkibida, shuningdek, HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Muhammad Nasr va guruhning Livandagi yuqori martabali vakili Usama Hamdan ham bo‘lgan.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar holatini muhokama qilishgan. So‘nggi o‘zgarishlar chuqur tahlil qilinib, Isroil bilan to‘xtab qolgan muzokaralarni davom ettirish borasida fikr-mulohazalar bildirilgan.

Al Jazeera nashri xabar berishicha, “Hizbulloh” va HAMAS rahbariyati matbuotga oshkor qilinmagan tor doiradagi uchrashuv ham tashkil etgan. Ushbu yopiq suhbat tafsilotlari keyinchalik oshkor qilinishi bildirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS vakillari Livan poytaxtida “Hizbulloh” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi