Eng yuqori darajaga erishgan badavlat odamlar pul farzandlarni buzadi, ular hayotda yo‘llarini o‘zlari topishi kerak, deb hisoblaydi.
Mark Sukerberg — uch qizning otasi
Dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq asoschisi, mashhur va muvaffaqiyatli dasturchi, milliarder Mark Sukerberg uch qizning otasi. Ular hali ham kichkina — kattasi 6, o‘rtanchasi 4, kichigi 2023 yilning mart oyida tug‘ilgan. Ammo ota-ona allaqachon kompaniyaning daromadlari asosini tashkil etuvchi 99 foiz aksiyalarni xayriya ishlariga berishga qat’iy qaror qilgan — 45 milliard dollarlik aksiyalar butun dunyo bo‘ylab bolalarga rivojlanish uchun teng sharoit yaratish bilan shug‘ullanadigan fondga beriladi.
Sting — olti bolaning otasi
U nafaqat taniqli qo‘shiqchi, balki dunyodagi eng badavlat odamlardan biri. Shunga qaramay, Sting farzandlariga ko‘p pul qoldirmasligini aytadi. Ammo bunga sabab ba’zi prinsiplar emas, balki katta xarajatlardir. Musiqachining so‘zlariga ko‘ra, uning “katta moliyaviy majburiyatlari” bor, shuning uchun u topgan deyarli hamma daromadi darhol ketadi. Bolalari o‘zlari ishlashlari kerakligini tushunadi, ular kamdan kam hollarda otasidan biror nima so‘raydi va buning uchun Sting ularni juda hurmat qiladi.
Elton Jon — ikki o‘g‘ilning otasi
Mashhur bastakor va qo‘shiqchining boyligi 200 million funt sterlingga baholangan, biroq u ikki o‘g‘liga hech narsa qoldirmaydi. Elton Jon bunga sababni oliyjanoblik deb ataydi: u ko‘p millionli meros ularning hayotini barbod qilishini istamaydi, u bolalari mustaqil ravishda pul topishni o‘rganib, mehnatkash inson bo‘lib ulg‘ayishini orzu qiladi.
Jeki Chan — bir o‘g‘il va noqonuniy qizning otasi
Hayoti davomida aktyor, kaskadyor, prodyuser, jang san’ati ustasi Jeki Chan katta sarmoya to‘plagan, biroq u barcha pullarini xayriya tashkilotlariga qoldirishga qaror qilgan. Shu yo‘l bilan u o‘g‘lini mustaqil ravishda pul topishga majburlamoqchi. G‘amxo‘r ota o‘g‘lining qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi, o‘zini va oilasini boqishi uchun o‘z ustida ishlashini istaydi. Kino yulduzining nikohsiz tug‘ilgan qizi ham bor, lekin Jeki Chan uning tarbiyasida ishtirok etmaydi.
Mixail Fridman — uch qiz va bir o‘g‘ilning otasi
Mixail Fridman — Alfa Group egalaridan biri. Rossiyalik milliarder ikki qizini ham merossiz qoldirgan. Farzandlarini mustaqil muvaffaqiyatga erishishga undash uchun u boyligini xayriya ishlariga sarflaydi.
“Farzandlarim uchun qila oladigan eng yomon narsam — bu ularga katta miqdorda pul berishdir”, — deydi u.
Qizlaridan biri Yel universitetini tamomlagan va hozir mashhur Isroil balet truppasida raqsga tushadi. Ikkinchisi Shveysariya bankida ishlaydi. O‘g‘li Aleksandr esa o‘smirlik chog‘idayoq pul ishlashni o‘rgangan: u darsdan qochib, maktab oshxonasida navbat kutmasdan ovqat sotib olgan, keyin uni o‘rta maktab o‘quvchilariga qimmatroqqa sotgan. Maktabdan so‘ng u ingliz maktabida o‘qishni tugatadi — otasi har yili o‘qishi uchun 42 ming funt to‘lagan. Shunday qilib, Aleksandr hayotga tayyor. U allaqachon otasining puli va yordamisiz o‘z biznesini boshlagan — do‘konlar tarmog‘iga ba’zi mahsulotlarni yetkazib beradi. Fridmanning kichik qizi ham bor, lekin u endigina 15 yoshda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroil hujumidan keyin Eron harbiy budjetini 200 foizga oshiradi
Mayk Tayson: "Kasalxonada o‘lgandan ko‘ra, ringda o‘lganim afzal"
Shimoliy Koreya Rossiyaga 5,5 mlrd dollarlik qurol yetkazib bergani aytilmoqda
“Hizbulloh” rahbari: Urush qancha davom etmasin, o‘t ochishni to‘xtatishni so‘ramaymiz
«Hizbulloh»ning yangi rahbari ma’lum bo‘ldi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik"
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi