date
views 114

Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi
Foto: Etilaatroz
Afg‘onistonning G‘or viloyatida 17 may kuni yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 nafar mahalliy aholi vakillari halok bo‘lgan. Bu haqda Etilaatroz nashri xabar berdi.

“Tolibon” rasmiylari viloyatdagi suv toshqini kamida 50 kishining hayotiga zomin bo‘lgani va katta moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lganini ma’lum qilishgan. Mahalliy hokimiyat vakillari qurbonlar soni oshishi mumkinligini bildirgan.

Faryob viloyatida ham suv toshqini kuzatilgan. Ushbu viloyatning beshta tumanida toshqin oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan. Ikki nafar fuqaro jarohatlangani xabar berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda juma kuni yuz bergan toshqinlar oqibatida 2000 taga yaqin uy butunlay vayron bo‘lgan. 4000 dan ortiq xonadon qisman zararlangan.

Yuzlab gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, yuzlab ko‘priklar, suv o‘tkazgichlar, to‘g‘onlar, yuz minglab hosildor daraxtlar vayron bo‘lgan. Minglab qoramollar nobud bo‘lgan”, — deyiladi “Tolibon” rasmiylari xabarida.

Mahalliy nashrlar Afg‘oniston shimolidagi ko‘plab hududlar, jumladan, G‘or, Badaxshon, Bag‘lon va Hirot viloyatlari kuchli suv toshqini tufayli zararlanganini yozgan. Toshqin oqibatida yo‘qotishlar ko‘lami aniqlanayotgani bildirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi