
Arxiv foto: tvzvezda.ru
Ukraina Qurolli kuchlari 21 may kuni Lugansk viloyatiga uyushtirgan hujum oqibatida 8 nafar fuqaro jarohatlangan. Bu haqda “TASS” nashri Rossiya Mudofaa vazirligiga asoslanib, xabar berdi.
Manbada aytilishicha, Ukraina kuchlari asosan Lugansk viloyatining Sverdlovsk shahrini nishonga olgan. Shaharning turli nuqtalariga seriyali havo hujumlari amalga oshirilgan.
Rasmiylar Sverdlovsk shahri kassetali o‘q-dorilar bilan jihozlangan ATACMS raketalari hujumiga uchraganini bildirgan. Hujumda dronlar ishlatilgani haqida dalillar topilgan.
Donetsk viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Leonid Pasechnik hujum oqibatida yo‘qotishlar haqida xabar bergan. Bir qancha sanoat binolari shikastlangani xabar qilingan.
“Ukraina Qurolli kuchlari Sverdlovskni o‘qqa tutishda AQSHda ishlab chiqarilgan kassetali o‘q-dorilar tashuvchi ATACMS raketalaridan foydalandi. Dushman shu qadar qo‘rqoq ediki, raketa zarbasidan so‘ng o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar voqea joyida ishlayotgan bir paytda ular uchuvchisiz samolyotlar yordamida navbatdagi hujumni uyushtirdilar. Oqibatda sakkiz nafar fuqaro tan jarohati oldi, ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, — deb bayonot bergan Pasechnik.
20 may kuni Ukraina uyushtirgani xabar qilingan hujum oqibatida Sverdlovskdagi yoqilg‘i ombori portlab, yonib ketgan. Viloyat rahbarlari halokat oqibatlarini bartaraf etish ustida ish olib borayotgani xabar qilingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar