Ibrohim Raisiy Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn qilindi

1 daqiqa o'qish418
Ibrohim Raisiy Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn qilindi
Foto: IRNA
Aviahalokat oqibatida halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 23 may kuni Mashhad shahridagi Imom Rizo maqbarasiga dafn qilindi. Bu haqda IRNA nashri xabar berdi.

Payshanba tongida Raisiy jasadi Mashhadga olib kelingan. Dafn marosimida nufuzli amaldorlar, xorijiy mamlakatlar rasmiylari ishtirok etgan.

Mashhad hokimi Muhammad-Rizo G‘aldarning so‘zlariga ko‘ra, motam marosimida Eronning boshqa ko‘plab shaharlari hamda qo‘shni Iroq, Afg‘oniston, Pokiston va Turkiyadan kelgan mehmonlar ham qatnashgan. Marhum prezidentning dafn marosimida umumiy 3 million kishi qatnashgani xabar qilingan.
Ibrohim Raisiy Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn qilindi
Foto: IRNA
Ibrohim Raisiy Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn qilindi
Foto: IRNA
Ma’lumot o‘rnida, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, uning tashqi ishlar vaziri Husayn Amirabdullohiyon va yana bir qancha amaldorlar 19 may kuni Eron shimoli-g‘arbidagi Sharqiy Ozarbayjon viloyatida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan edi. Eron oliy rahbarlari Ozarbayjon yetakchisi bilan Araks daryosida qurilgan qo‘shma to‘g‘onni ochish marosimini o‘tkazib, Tabriz shahriga qaytayotganda halokatga uchragan.
Ibrohim Raisiy Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn qilindi
Foto: IRNA
20 va 21 may kunlari Tabriz, Qum shaharlari va poytaxt Tehronda shahidlar uchun dafn marosimlari o‘tkazildi. 22 may kuni Tehronda o‘tkazilgan xotira marosimida xorijiy mamlakatlardan o‘nlab yuqori martabali amaldorlar ishtirok etdi.

63 yoshli Raisiy Eron Islom Respublikasining sakkizinchi prezidenti bo‘lib, 2021 yilning avgustidan beri Tehrondagi hukumatni boshqarib kelgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?