date
views 189

Vladimir Putin xavfsizlik masalasida uchrashuv o‘tkazish uchun Belarusga bordi

Vladimir Putin xavfsizlik masalasida uchrashuv o‘tkazish uchun Belarusga bordi
Foto: “kremlin.ru”
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizlik va taktik yadro quroli bo‘yicha rejali mashg‘ulotlar masalasini muhokama qilish uchun 23 may kuni Belarusga bordi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati tarqatgan xabarga asoslanib, The Moscow Times xabar berdi.

Rossiya prezidentini Belarus poytaxti Minskda Aleksandr Lukashenko kutib olgan. Shundan so‘ng rahbarlar yopiq uchrashuv o‘tkazish uchun prezident saroyiga borgan.

May oyi boshida Vladimir Putin rossiyalik harbiylarga G‘arbning “tahdid va provokatsiyalariga” javoban taktik yadro quroli mashqlarini o‘tkazishni buyurgan edi. Keyinchalik ushbu mashqlar Belarus bilan hamkorlikda amalga oshirilishi bildirilgan.

O‘tgan yili Belarus hukumati o‘z hududida Rossiyaning taktik yadro kallaklarini joylashtirishga xayrixohligini ma’lum qilgan edi.

Shu hafta boshida Rossiya Mudofaa vazirligi o‘zining Janubiy harbiy okrugida o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi bosqichi o‘tkazilishini e’lon qilgan. Mashg‘ulotlar Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlarida ham amalga oshirilishi aytilgan.

Mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi harbiy ittifoqchilarimiz va belaruslik hamkasblarimizning bevosita ishtirokida bo‘ladi”, — degan Vladimir Putin payshanba kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda.

Rossiya mudofaa vaziri etib tayinlangan Andrey Belousov ham muzokaralar doirasida Minskka jo‘nab ketgan. Belousiv Belarus poytaxtida hamkasbi Viktor Xrenin bilan uchrashgan.

Rossiya va Belarus rahbarlari o‘quv mashg‘ulotlari aynan qayerda o‘tkazilishi ma’lum qilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin xavfsizlik masalasida uchrashuv o‘tkazish uchun Belarusga bordi