date
views 277

Portugaliyadagi aviashouda samolyotlar to‘qnashib ketdi (video)

Portugaliyadagi aviashouda samolyotlar to‘qnashib ketdi (video)
Foto: Informator
Portugaliyaning Beja shahrida Portugaliya harbiy-havo kuchlarining 72 yilligiga bag‘ishlangan shou vaqtida ikkita Yak-52 samolyoti to‘qnashib ketdi. Bu haqda Informator xabar berdi.

Samolyotlardan birining uchuvchisi voqea joyida vafot etgan. Manyovr paytida samolyotlardan biri ikkinchisining qanotiga tegib, boshqaruvni yo‘qotgach, qulagan.

"Yak Ctars havo akrobatika jamoasining ikkita samolyoti 2 iyun kuni Beja aviasalonida parvoz chog‘ida to‘qnashib ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi", — deyiladi xabarda.

Samolyot qulashi natijasida kuchli portlash sodir bo‘lgani qayd etilgan. To‘qnashuv natijasida muvozanatni yo‘qota boshlagan ikkinchi samolyot uchuvchisi favqulodda qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan hamda jarohat olgan.

Qayd etilishicha, avariya va uchuvchining o‘limi tufayli Portugaliya harbiy-havo kuchlarining 72 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bekor qilingan. Havo namoyishida Ispaniya—Portugaliya fuqarolik va harbiy aviatsiya guruhi ishtirok etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Portugaliyadagi aviashouda samolyotlar to‘qnashib ketdi (video)