11:56 / 05.06.2024
207

AQSH G‘azo muammosiga jiddiy kirishdi: Yaqin Sharqqa MRB direktori va prezident maslahatchisi yuborildi

AQSH G‘azo muammosiga jiddiy kirishdi: Yaqin Sharqqa MRB direktori va prezident maslahatchisi yuborildi
Uilyam Byorns.
Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Byorns va AQSH prezidentining maslahatchisi Brett Makgurk G‘azo sektorida sulh bitimi tuzilishini hamda garovga olingan isroilliklarni ozod qilishni ta’minlash maqsadida Yaqin Sharqqa yo‘l oldi. Bu haqda Amerika hukumatidagi manbalarga asoslanib Axios xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, bu tashrif — AQSH ma’muriyatining kelishuvga erishish yo‘lidagi jiddiy urinishidir. Byorns seshanba kuni Dohaga yetib kelishi aytilgan, Makgurk esa chorshanba kuni Qohiraga kelishi kutilmoqda; Isroil va HAMAS o‘rtasidagi bilvosita muzokaralarda Qatar va Misr asosiy vositachilar hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH G‘azo muammosiga jiddiy kirishdi: Yaqin Sharqqa MRB direktori va prezident maslahatchisi yuborildi