Pavel Durov Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda

Foto: “Vedomosti”
Telegram asoschisi Pavel Durov yozni Markaziy Osiyoda oʻtkazishini e'lon qildi. Bu haqda u oʻzining Telegram kanalida ma'lum qildi.
Dubayda istiqomat qiluvchi Durov mamlakatda havo harorati keskin isiyotganini aytdi.
"Doʻstlarim Fransiyaning janubi kabi zamonaviy joylarga bormoqda. Fransiya fuqarosi sifatida bu davlatni dam olish uchun eng yaxshi joy ekaniga qoʻshilaman", — deb yozgan u.
Biroq u Telegram bosh direktori sifatida ta'tilga chiqmasligini qayd etgan.
“Buning oʻrniga, foydalanuvchilarimiz bilan noodatiy joylarda uchrashish orqali ish faoliyatimni davom ettiraman. Bu yozda Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u yerda hayot qanday kechayotgani, odamlar Telegram’dan qanday foydalanishlarini va ularning raqamli ehtiyojlarini oʻrganishga qaror qildim”, — degan messenjer asoschisi.

Izohlar 0
…