22:44 / 13.06.2024
769

Rossiya Markaziy banki sanksiyalar joriy etilganidan keyin ilk marta valyuta kurslarini o‘rnatdi

Rossiya Markaziy banki sanksiyalar joriy etilganidan keyin ilk marta valyuta kurslarini o‘rnatdi
Foto: Reuters
14 iyun kuni AQSH dollarining Rossiyadagi rasmiy kursi 88,20 rublni, yevro 94,83 rublni tashkil qiladi. Bu Rossiya Markaziy banki ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Moskva birjasida AQSH va Yevropa valyutasi savdolari amalga oshirilmagan sharoitda Markaziy bank birinchi marta rublning dollar va yevroga nisbatan kursini o‘rnatdi. Bir kun avval ushbu valyutalar bilan savdo qilish AQSH sanksiyalari tufayli to‘xtatilgan edi.

13 iyundan boshlab Rossiya Markaziy banki joriy ish kuni, Moskva vaqti bilan soat 15:30 holatiga ko‘ra, birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha bank hisobotlari ma’lumotlari asosida dollar va yevroning rublga nisbatan kurslarini belgilaydi. Rublning rasmiy kursi yagona va bozor narxida bo‘ladi, faqat uni hisoblash uchun ma’lumotlar diapazoni o‘zgaradi, deb xabar berdi Markaziy bank.

Moskva birjasida o‘tkazilgan valyutalarning so‘nggi savdosi kunida 1 dollar 89,10 rubl, yevro 95,62 rublni tashkil qilgan edi.

12 iyun kuni AQSH Moliya vazirligi Moskva birjasi, Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysiga qarshi sanksiyalarni e’lon qildi. Shundan so‘ng, Moskva birjasi 13 iyundan boshlab AQSH dollari va yevrodagi savdolar to‘xtatilishini e’lon qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Markaziy banki sanksiyalar joriy etilganidan keyin ilk marta valyuta kurslarini o‘rnatdi