Foto: Reuters
Turkiya razvedka xizmatlari Rossiyani «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga uyushtirilgan hujumdan keyin yana bir terakt tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi yozdi.
Qayd qilinishicha, terrorchilar gavjum savdo markaziga hujum qilmoqchi bo‘lgan, biroq Turkiyaning aralashuvi tufayli jinoyatning oldi olingan. Bu haqdagi ma’lumot «Krokus»dagi terakt uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan «Viloyati Xuroson» guruhining qo‘lga olingan besh nafar tarafdoridan olingan.
Gazeta terakt uyushtirilishi rejalashtirilgan savdo markazi nomi va sanasi haqida ma’lumot bermadi.
«Krokus Siti Xoll»ga hujum 22 mart kuni kechqurun «Piknik» rok guruhining konsertidan oldin sodir bo‘ldi. Qurollangan odamlar tomoshabinlarni o‘qqa tutdi. Oqibatda 150 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi, 550 nafardan ortig‘i jabrlandi.
Terakt bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida 20 kishi ushlandi, ulardan 18 nafari hibsga olindi, jumladan, hujumning bevosita ishtirokchilari ekani aytilayotgan Tojikiston fuqarolari Dalerjon Mirzoyev, Shamsiddin Fariduni, Muhammadsobir Fayzov va Saidakrami Rajabalizoda. Ulardan ikki nafari teraktdan sal avval Turkiyada bo‘lgan.
Rossiyadagi voqealardan keyin Turkiyada ISHID tarafdorlariga qarshi bir qancha amaliyotlar o‘tkazildi. 2023 yil iyunidan 2024 yil martigacha, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada ISHIDga aloqador deyarli 3 ming kishi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi