14:06 / 10.09.2016
6 638

Lavrov Kerri bilan muzokaralarning 15-soatida jurnalistlarni pissa bilan mehmon qildi

Lavrov Kerri bilan muzokaralarning 15-soatida jurnalistlarni pissa bilan mehmon qildi

Rossiya va AQSh o‘rtasida Suriyadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar natijalarini kutishning 15-soatida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jurnalistlarga AQSh delegasiyasi bergan pissani olib keldi, deyiladi "Kun" nashrida.

Lavrov pissa solingan qutilarni olib kelgach birozdan keyin qaytib "Kim aroq xohlayotgandi?", deb so‘ragan.

"AQSh delegasiyasi tomonidan muzokaralar natijalarini Vashington bilan kelishish sababli 9 soatga cho‘zilib ketgan tanaffus uchun aybni yuvish maqsadida Kerri Lavrov va uning jamoasiga pissa yubordi. Lavrov esa uni jurnalistlarga olib bordi", deb ma’lum qildi feysbukda Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova.

Zaxarova Lavrov keyinroq aroq olib kelib, "Pissa amerikaliklardan, aroq bizdan" deb hazillashganini ma’lum qildi.

Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Jenevada o‘tgan muzokaralar 15 soat davom etdi va Suriya bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar orasida uzoqligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Kerri bilan muzokaralarning 15-soatida jurnalistlarni pissa bilan mehmon qildi