00:46 / 21.06.2024
469

Isroil ommaviy dafn marosimlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Isroil ommaviy dafn marosimlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Foto: Al Arabiya
Isroil Din ishlari vazirligi Livan bilan ehtimoliy urush tufayli ommaviy dafn va xotira marosimlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda bo‘lim boshlig‘i Maykl Malkieli ma’lum qildi.

"Dafn marosimlari uchun mas’ul bo‘lgan Din ishlari vazirligi shimoldagi ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rmoqda", — dedi vazir.
Malkieli so‘nggi haftalarda mamlakat janubiy chegaralari yaqinida Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida keskinlik kuchayganiga ishora qilgan.

"Studiyada hamma narsani aytish mumkin emas, lekin biz katta tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ofisda yig‘ilishlar o‘tkazamiz", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Vazirlik shimolda bo‘lishi mumkin bo‘lgan urush munosabati bilan ommaviy dafn marosimlariga tayyorgarlik ko‘ryaptimi yoki yo‘qmi degan savolga, Malkieli tafsilotlarni ochiqlamasdan, ijobiy javob bergan.

Avvalroq “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh Livanga hujum qilinsa, Isroilning shimoliy hududlariga yirik hujum rejasi amalga oshirilishini istisno etmagan edi.

So‘nggi haftalarda Isroil va Livan o‘rtasidagi “Moviy chiziq” chegarasida keskinlik kuchaymoqda.

"7 oktyabrdan beri Livandagi “Hizbulloh” Isroilga qarshi 5 mingdan ortiq raketa, tankka qarshi snaryadlar va dronlar uchirgan", — deya bayonot bergan Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagariy.

Uning ta’kidlashicha, “Hizbulloh”ning kuchaygan hujumlari Livan va mintaqa uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan kattaroq kuchayishga undamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil ommaviy dafn marosimlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda