14:22 / 22.06.2024
135

Vladimir Putin: “Rossiya global kuchlar muvozanatini saqlash uchun yadro arsenalini rivojlantiradi”

Vladimir Putin: “Rossiya global kuchlar muvozanatini saqlash uchun yadro arsenalini rivojlantiradi”
Foto: Sputnik
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat global kuchlar muvozanatini saqlash uchun yadro arsenalini rivojlantirishini ma’lum qildi. Bu haqda prezidentning Kremlda bergan bayonotiga asoslanib, Reuters xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Putin 21 iyun kuni Kremlda harbiy, politsiya va razvedka xizmatlari akademiyalari bitiruvchilari ishtirok etgan marosimda chiqish qilgan. O‘z chiqishida prezidenti mamlakatning harbiy va strategik maqsadlari haqida so‘z ochgan.

Prezident Rossiya to‘xtatuvchi vosita sifatida dunyodagi eng yirik yadro quroli arsenalini rivojlantirishda davom etishini aytgan. Shuningdek, Ukrainada jang qilayotgan armiyani eng so‘nggi qurollar va uchuvchisiz samolyotlar bilan ta’minlashini ma’lum qilgan.

Biz raqiblarimizni strategik tiyib turish kafolati sifatida yadroviy triadani yanada rivojlantirish va dunyoda kuchlar muvozanatini saqlashni rejalashtirmoqdamiz”, — degan Vladimir Putin.

Tahlilchilar Rossiya rahbari o‘z nutqida keng ko‘lamli yadroviy dasturga ishora qilganini bildirgan. Chunki prezident nutqida qo‘llanilgan yadroviy triada atamasi Rossiyaning quruqlik, dengiz va havodan uchiriladigan yadroviy raketalari tizimiga nisbatan ishlatiladi.

O‘z nutqida Kreml rahbari favqulodda holatlarda yadro arsenalidan foydalanish ehtimolini istisno etmagan. Agar boshqa davlat Rossiyaga qarshi bu quroldan foydalansa yoki davlatning mavjudligi tahdid ostida qolsa, Moskva yadro qurolidan foydalanish uchun qonuniy asosga ega bo‘lishi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin: “Rossiya global kuchlar muvozanatini saqlash uchun yadro arsenalini rivojlantiradi”
ePN