23:22 / 23.06.2024
366

“Hizbulloh” Bayrutdagi aeroportda Eron qurollarini saqlamoqda

“Hizbulloh” Bayrutdagi aeroportda Eron qurollarini saqlamoqda
Foto: Ap Photo
“Hizbulloh” Bayrutdagi fuqarolik aeroportida Eronning katta miqdordagi qurol, raketa va portlovchi moddalarini saqlamoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, The Telegraph xabar berdi.

Aeroportda “Falaq” boshqarilmaydigan artilleriya raketalari, qisqa masofali “Fateh-110” raketalari, mobil ballistik raketalar va 150 dan 200 milgacha masofani bosib o‘ta oladigan M-600 raketalari bor deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, AT-14 Kornet tankka qarshi raketa tizimi, lazer yordamida boshqariladigan tankga qarshi raketalar (ATGM), katta miqdorda Burkan qisqa masofali ballistik raketalari hamda portlovchi moddalar bor.

Ma’lumotlarning oshkor etilishi Bayrutdan atigi to‘rt mil uzoqlikda joylashgan Rafik Haririy aeroporti asosiy harbiy nishonga aylanishi mumkinligidan qo‘rquvni kuchaytirdi.

Bu o‘ta jiddiy holat, Erondan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda kelayotgan sirli katta qutilar vaziyat yomonlashganidan dalolatdir", — deydi anonimlik sharti bilan aeroport ishchilaridan biri. U aeroportga hujum qilinsa, portlash katta zarar keltirishi mumkinligini qayd etgan.

"Bayrut dunyodan uzilib qoladi, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Aeroportda falokat sodir bo‘lishi faqat vaqt masalasidir", — deydi u.

Boshqa bir manba ham xuddi shunday fikr bildirmoqda.

Agar tekshirish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarni keltirishda davom etishsa, portlashdan yoki Isroilning bu tovarlarni bombardimon qilishidan o‘lib ketishimga ishonaman. Bu faqat bizga emas, oddiy odamlarga, Bayrutga kirib-chiqayotgan va ta’tilga ketayotganlarga ham tegishli. Agar aeroport bombardimon qilinsa, Livan tamom bo‘ladi”, — aeroport xodimi.

Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida ehtimoliy urush xavfi

Avvalroq Isroil armiyasi Livanga bostirib kirish rejasini tasdiqlagandi. Yahudiy davlatining tashqi ishlar vaziri Isroil Katz mamlakat “Hizbulloh” va Livanga qarshi “o‘yin qoidalarini o‘zgartirish vaqtiga yaqin” ekanini aytgan. Shundan so‘ng, “Hizbulloh” guruhi rahbari Hasan Nasrulloh to‘laqonli urush bo‘lsa, Isroilda “hech qanday joy” qolmasligidan ogohlantirgan.

"Isroil bizni quruqlikda, dengizda va havodan (hujum qilishimizni) kutishi kerak. Dushman haqiqatan ham qarshilik Isroil shimolidagi Galileyaga (Livan bilan chegaradosh hudud) kirib kelishidan qo‘rqadi. Livanni urushga majburlash kontekstida bu amalga oshishi mumkin", — degan “Hizbulloh” yetakchisi.

U Isroil “qo‘rqishi” kerak bo‘lgan tomon ekani, “Hizbulloh” Isroil bilan qarshilik boshlangan oktyabr oyidan beri qurollarining faqat “bir qismini” qo‘llaganini aytgan.

"Biz yangi qurollarga ega bo‘ldik. Ayrim qurollarimizni takomillashtirdik, boshqalarini kelgusi kunlarga saqlab qolamiz. Yillar oldin 100 ming jangchi haqida gapirgan bo‘lsak, hozirda bu raqamdan ancha oshib ketdik", — degan u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” Bayrutdagi aeroportda Eron qurollarini saqlamoqda
ePN